Maxfiylik siyosati
Bu sahifada Hostra sizning ma'lumotlaringiz bilan nima qilishini oddiy tilda tushuntiramiz.
01Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
- Hisob ma'lumotlari: foydalanuvchi nomi, email manzil, parol (faqat bcrypt xesh ko'rinishida saqlanadi, asl parolni biz ko'ra olmaymiz), Telegram orqali kirgan bo'lsangiz Telegram identifikatori.
- Tarif va to'lovlar: joriy tarif, muddat, balans va to'lovlar tarixi.
- Loyiha ma'lumotlari: loyiha va domen nomlari, sozlamalar, DNS yozuvlari, cron vazifalari, SSH ochiq kalitlari.
- Sizning fayllaringiz va bazalaringiz: konteyner diskidagi fayllar, MySQL / PostgreSQL / MongoDB / Redis ma'lumotlari, jarayon loglari. Ular xizmatni ko'rsatish uchun saqlanadi.
- Murojaat va sharhlar: Yordam bo'limidagi murojaatlar va yozishmalar, baho va izohlar.
- Xavfsizlik jurnali: ro'yxatdan o'tish, kirish, sessiyani yangilash va dashboardga tashriflarda IP manzil, vaqt va brauzer (User-Agent) yoziladi. Har bir foydalanuvchi uchun eng ko'pi bilan 100 ta turli IP tarixi saqlanadi.
Biz reklama yoki kuzatuv (analitika) skriptlaridan foydalanmaymiz; shriftlar va ikonkalar o'z serverimizdan yuklanadi.
02Nima uchun ishlatamiz
- xizmatni ko'rsatish: hisobingizni yuritish, loyiha va konteynerlaringizni ishga tushirish
- tarif, to'lov va muddat bo'yicha ogohlantirishlar yuborish (email va Telegram orqali)
- xavfsizlik: hujum va suiiste'molni aniqlash, hujum qilgan IP qaysi hisobga tegishli ekanini aniqlash, avtomatik himoya
- texnik yordam ko'rsatish va nosozliklarni bartaraf etish
- xizmatni yaxshilash (masalan, baholar va izohlar)
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi tomonga bermaymiz.
04Uchinchi tomon xizmatlari
Xizmat ishlashi uchun quyidagi tashqi xizmatlardan foydalanamiz; ular faqat zarur ma'lumotni oladi:
- Cloudflare —
*.wwwz.uzdomenlaridagi trafik va DNS (so'rovlar uning tarmog'i orqali o'tadi) - Email xizmati (SMTP) — tasdiqlash kodlari va ogohlantirishlarni yuborish
- Telegram — Telegram orqali kirish va bildirishnomalar (agar siz foydalansangiz)
- To'lov provayderi — balansni to'ldirishda to'lov sahifasi orqali
05Administrator kirishi
Platforma administratorlari xavfsizlik, texnik yordam va qoidabuzarliklarni tekshirish maqsadida server tomonida hisob ma'lumotlari, jurnallar va (zarur bo'lganda) foydalanuvchi fayllariga kira oladi. Bunday kirish faqat shu maqsadlar uchun ishlatiladi.
06Saqlash muddati va o'chirish
- Hisob va to'lov ma'lumotlari hisobingiz mavjud bo'lguncha saqlanadi.
- Tarif muddati tugasa, fayllaringiz 3 kunlik zaxira muddati davomida saqlanadi, so'ng loyihalar va fayllar o'chiriladi (batafsil: Foydalanish shartlari).
- Loyihani o'zingiz o'chirsangiz, uning fayllari ham o'chiriladi; xizmatning ichki zaxira nusxalarida ma'lum vaqt saqlanib turishi mumkin.
- Murojaatlar va sharhlar o'chirishni so'ramaguningizcha yoki hisobingiz yopilguncha saqlanadi.
- Qonun talab qilgan yoki huquqbuzarlikni tekshirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar zarur muddatgacha saqlanishi mumkin.
07Ma'lumotlar xavfsizligi
- parollar xesh ko'rinishida saqlanadi; kirish cookie'lari himoyalangan
- har bir foydalanuvchining loyihalari alohida konteynerda, cheklangan huquqlar bilan ishlaydi
- kirish urinishlariga cheklov (rate limit) va hujumlarni avtomatik aniqlash va bloklash mavjud
- ichki zaxira nusxalar muntazam olinadi
Hech bir tizimni to'liq xavfsiz deb bo'lmaydi; shuning uchun kuchli parol qo'ying va uni boshqalarga bermang.
08Sizning huquqlaringiz
- o'zingiz haqingizda saqlanayotgan ma'lumotni bilish
- noto'g'ri ma'lumotni tuzatish
- ma'lumotlaringiz va hisobingizni o'chirishni so'rash
- ma'lumotlarni qayta ishlashga e'tiroz bildirish
Buning uchun Yordam bo'limida murojaat yuboring. Qonun bo'yicha saqlash majburiy bo'lgan ma'lumotlar bundan mustasno.
09O'zgarishlar va aloqa
- Siyosat yangilanishi mumkin; joriy tahrir shu sahifada, oxirgi yangilanish sanasi bilan turadi.
- Savollar uchun: dashboarddagi «Yordam» bo'limi yoki Telegram: @wwwz_uz.